Toshkentda taniqli bloger sanitariya qoidalarini buzib, IIV xodimlarini masxara qildi

Toshkentda taniqli bloger sanitariya qoidalarini buzib, IIV xodimlarini masxara qildi

Taniqli Instagram-sahifalarning birida muallif sanitariya-epidemiologiya talablarini mensimaganligini namoyish etganligi aks etgan bir nechta foto va videolar, shu bilan birga beodoblik so‘zlarini ishlatib ichki ishlar organlari xodimlarining karantin kunlarida olib borayotgan ishlarini masxara qilganligi Toshkent shahar IIBB xodimlarining nazariga tushdi. 

Olib borilgan tekshiruv natijasida mazkur akkauntni boshqaradigan shaxs 21 yoshli muqaddam sudlangan Geydar A. ekanligi aniqlandi. Huquqbuzarga nisbatan zarur choralar ko‘rilishi uchun mazkur fakt bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Mirobod tumani ma’muriy sudiga yo‘naltirildi. Huqubuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183 moddasiga muvofiq sud tomonidan yetti sutkalik ma’muriy jazo qo‘llanildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!