Toshkentda “Spark” va ikkita “Kobalt” to‘qnashdi

Toshkentda “Spark” va ikkita “Kobalt” to‘qnashdi

Joriy yilning 25 yanvar kuni soat 09:20da “102” raqamiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, A.Temur ko‘chasida joylashgan  “GOODZONE” do‘koni ro‘parasida, haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan A.S. “Kobalt” rusumli avtomobilda harakatlanayotib qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1971 yilda tug‘ilgan F.B. boshqaruvidagi yana bir “Kobalt” rusumli hamda haydovchi, 1995 yilda tug‘ilgan I.T. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomobillar bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuv natijasida “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi I.T. va ushbu avtomobil yo‘lovchisi 40 yoshli N.M.larga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!