Toshkentda jarrohlik operasiyasi o‘tkazish uchun 400 dollar talab qilgan ginekolog ayol ushlandi

Toshkentda jarrohlik operasiyasi o‘tkazish uchun 400 dollar talab qilgan ginekolog ayol ushlandi

Toshkentda jarrohlik operasiyasi o‘tkazish uchun 400 dollar talab qilgan shifokor ayol ushlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

«1 iyul kuni soat 22:23 atrofida ‘O‘zbekiston temir yo‘llari‘ AJ markaziy poliklinikasi ginekologiya bo‘limi mudiri 56 yashar Gulnora U. jarrohlik operasiyasi o‘tkazish uchun Nihola A.dan 400 AQSh dollari ta’ma qilgan», — deyiladi xabarda.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 214-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!