Toshkentda ikki qizaloq g‘ayritabiiy jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘ldi

Toshkentda ikki qizaloq g‘ayritabiiy jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘ldi

Farg‘ona viloyatida 1967 yil 2 sentyabr kuni tug‘ilgan, Quyuv mexanika zavodida chilangar bo‘lib ishlagan, muqaddam o‘g‘irlik va yana bir qator jinoyatlarda aybdor deb topilgan Toshkent shahar, Bektemir tumani, Iqbol mahalla fuqarolar yig‘ini, 78-uydagi xonadonlardan birida yashovchi, Shakirali Axtodjanovich Tashmatov inson ongiga sig‘maydigan jinoyatlardan birini sodir etganlikda ayblanib qamoqqa olingan.

Jahon.uz huquqni muhofaza qiluvchi organlar orqali qo‘lga kiritgan jinoyat ishi hujjatlarida, Shakirali Axtodjanovich Tashmatov Toshkent shahar, Bektemir tumani, Suvsoz mavzesi oldida bo‘la turib, bolalar maydonchasida o‘ynab yurgan voyaga yetmagan 2008 yilda tug‘ilgan X.X.ni (Qizaloqning ismi-sharifi tahririyatga ma’lum bo‘lsa-da, biz uni shartli ravishda X.X. deb atadik) uy pod’ezdiga olib kirib, uning o‘n to‘rt yoshga to‘lmaganligini bila turib, ojizligidan foydalangan holda, turli xil so‘zlar bilan chalg‘itib, voyaga yetmagan X.X.ni quchoqlab olib, jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiiy usulda qondirishga uringan paytida voyaga yetmagan X.X. qarshilik ko‘rsata olmay, baland ovozda baqirib yuborishi natijasida o‘zining o‘ylagan jinoiy maqsadini amalga oshira olmaganligi aniqlangani yozilgan.

Lekin, u norasida qizga shunday jirkanch munosabatda bo‘lish uchun o‘zida kuch topa olgan. Insoniylik mutloqo uni tark etganligi uning keyingi harakati bilan yanada ko‘proq o‘z isbotini topadi.

Shakirali Axtodjanovich Tashmatov, Toshkent shahar, Bektemir tumani, 13-uydagi xonadonlardan biriga borib, xonadon egasini chaqirig‘iga binoan elektrik sifatida kelib, xonadonda bir o‘zi bo‘lgan voyaga yetmagan 2011 yilda tug‘ilgan D.D.ning (Qizaloqning ismi-sharifi tahririyatga ma’lum bo‘lsa-da, biz uni shartli ravishda D.D. deb atadik) o‘n to‘rt yoshga to‘lmaganligini bila turib, ojizligidan foydalangan holda, divanda o‘tirgan voyaga yetmagan D.D.ning ikki qo‘lidan ushlab turib, yuzidan, lablaridan o‘pib, o‘ta jirkanch harakatlar bilan ehtiyojini g‘ayritabiiy usulda qondirganligi aniqlangan.

Shakirali Axtodjanovich Tashmatovning jinoiy harakatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,119-moddasi 4-qismi, 119-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u aybdor deb topilgan.

Jahon.uz xabariga ko‘ra, ayni holat yuzasidan jurnalistik surishtiruv olib borilmoqda va tez orada sudning hukmi, tergov materiallaridagi batafsil ma’lumotlar e’tiboringizga havola etiladi. O‘ylaymizki, bunday kishilar jamiyatda o‘ziga nisbatan nafrat uyg‘otadi.

Bunday insonlarning bo‘lishi va unga mahallasining ijobiy tavsifnoma yozib bergani esa manbaning surishtiruv o‘tkazishiga sabab bo‘ldi. O‘sha mahalla raisining ham ijobiy tavsifnoma yozib berish sabablariga alohida to‘xtalib o‘tiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!