Toshkentda 36 yoshli erkakka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Toshkentda 36 yoshli erkakka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

16 sentyabr kuni Mirzo-Ulug‘bek tumani ichki ishlar organlariga 30 yoshli Olga T. murojaat qildi. Uning xabar berishicha, joriy yilning 17 may kuni 36 yoshli Ravshan D. uning nomiga “Kaptiva” rusumli avtomobilni rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Buning uchun undan 66.000.000 so‘m olib, va’dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi 2 qismi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!