Toshkentda 23 yoshli yigit onasi tengi ayolning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Toshkentda 23 yoshli yigit onasi tengi ayolning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Toshkent shahar IIBB internet tarmog‘ida Yunusobod tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi haqidagi xabarlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 29 sentyabr kuni taxminan soat 22.00 da Amir Temur ko‘chasida 23 yoshli Xasan N. ishonchnoma asosida «Nexia» avtomobilini (davlat raqami 01 Z 429 BB) boshqara turib, yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Shaxsi aniqlanayotgan, yoshi taxminan 50-55 dagi ayol YTH natijasida olgan jarohatlari tufayli voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

Hodisa tafsilotlarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.


    Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

    Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

    Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!