U23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston Indoneziyani mag‘lub etib Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqdi

U23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston Indoneziyani mag‘lub etib Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqdi

Qatar maydonlarida U-23 Osiyo chempionati davom etyapti. Bugun birinchi yarim final doirasida O‘zbekiston-Indoneziya terma jamoalari to‘qnash keldi. Olimpiya jamoamiz ishonchli 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi birinchi golni 69-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Husayn Norchayev kiritdi. U Muhammadqodir Hamraliyevning uzatmasini golga aylantirdi.

86-daqiqaga kelib Jasur Jaloliddinov jarima zarbasini amalga oshirdi. Darvozabon to‘pni qaytardi, ammo himoyachi Pratama Arxan o‘z darvozasiga to‘pni kiritib yubordi.

Ushbu natija bilan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Parij-2024 yo‘llanmasini naqd qildi. Bundan tashqari chempionat finaliga chiqdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!