Saka: «Ronaldu gol mashinasiga aylandi»

Saka: «Ronaldu gol mashinasiga aylandi»

Bukayo Saka Krishtianu Ronalduni ideal namuna deb atadi.

«Arsenal» vingeri Krishtianu Ronaldu kabi bir mavsumda 60-70 ta o‘yin o‘tkazishni maqsad qilganini ta’kidladi.

«Arteta menga barcha eng yaxshi o‘yinchilar har mavsumda ko‘p o‘yin o‘tkazishlarini aytdi. Agar men yuqori darajaga chiqmoqchi bo‘lsam, ko‘p o‘yin o‘tkazishga tayyor bo‘lishim va har birida jamoaga g‘alaba qozonishda yordam berishim kerak.

Ronaldu bunga mukammal misol bo‘ladi. U shunchaki portlab, gol mashinasiga aylandi va, menimcha, ko‘plab futbolchilarni o‘zining izidan borishga ilhomlantirdi.

Shu bilan birga men o‘zim bo‘lishni va «Arsenal» uchun o‘ynashni, g‘alaba qozonish uchun nima kerak bo‘lsa, shuni qilishni xohlayman», — deya Sakaning so‘zlarini keltiradi Mirror.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!