Turkiyaning Isroilga qo‘ygan savdo cheklovlari o‘rnak bo‘lishi kerak,- professor

Turkiyaning Isroilga qo‘ygan savdo cheklovlari o‘rnak bo‘lishi kerak,- professor

Turkiyaning Isroilga eksport cheklovlarini joriy etish qarori mintaqadagi boshqa davlatlar ham shunga amal qilishi zarurligidan dalolat beruvchi muhim qadamdir, dedi Buyuk Britaniyaning Birmingem universiteti xalqaro huquq va inson huquqlari professori Muhammad Shahobiddin, Anadolu agentligiga.

Muhammad Shahobiddin Isroilga qarshi norozilik kabi siyosiy bosim shakllarini o‘zgarishlar katalizatori deb biladi. «Ommaviy safarbarlik ana shunday siyosiy bosimga misol bo‘la oladi. Bu vaziyatni o‘zgartiradi. Bu bosim siyosiy elita va aktyorlarni aniq harakatlarga majbur qiladi».

Turkiya Savdo vazirligi 9 aprel kuni eksportni cheklash choralari temir, marmar, po‘lat, tsement, alyuminiy, g‘isht, o‘g‘itlar, qurilish texnikasi va mahsulotlari, aviasiya yoqilg‘isi va boshqalarni o‘z ichiga olgan 54 xil toifadagi tovarlar eksportiga tatbiq etilishini e’lon qildi.

Turkiyaning Isroilga nisbatan savdo cheklovlari joriy etish qarorining juda muhim qadam bo‘lganini ta’kidlagan Shahabuddin, buning mintaqa davlatlari uchun ham xuddi shunday qadam tashlashiga o‘rnak bo‘lishiga umid bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!