Levandovski: «4 yildan keyin 2020 yil uchun «Oltin to‘p»ni berishsa, xafa bo‘lmasdim»

Levandovski: «4 yildan keyin 2020 yil uchun «Oltin to‘p»ni berishsa, xafa bo‘lmasdim»

Robert Levandovski «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritmagani haqida gapirdi.

«2020 va 2021 yillar — faoliyatimdagi eng yaxshilari. Yaqinda bir do‘stim menga statistika yubordi: 85 o‘yinda 100 ta gol urgan ekanman. Albatta, qachondir «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishni istardim.

Sovrinni yutmaganim aqldan ozganimni bildirmaydi. Lekin men o‘sha yillarda navbatim kelganini his qilganman.

2021 yilgi sovrin Messiga tegishli. 2020 yilgi «Oltin to‘p» kechroq bo‘lsa ham berilishi mumkinligi haqida mish-mishlar eshitgandim (o‘sha yili koronavirus davrida sovrin bekor qilingandi). O‘sha yil men uchun ajoyib bo‘lgan, eng yuqori darajamda edim, hamma narsani yutgandik.

4 yildan keyin bo‘lsa-da, 2020 yilgi «Oltin to‘p»ni olsam, albatta, xafa bo‘lmasdim. Bu — katta sharaf va men mukofotni qabul qilgan bo‘lardim», — dedi «Barselona» forvardi Bild'ga bergan intervyusida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!