OAV: Isroil hukumati Netanyaxuni hibsga olish uchun ICC tomonidan mumkin bo‘lgan orderdan xavotirda

OAV: Isroil hukumati Netanyaxuni hibsga olish uchun ICC tomonidan mumkin bo‘lgan orderdan xavotirda

Isroil hukumatida Xalqaro Jinoyat Sudi G‘azo sektoridagi harakatlar uchun bosh vazir Benyamin Netanyaxu hamda boshqa Isroil rasmiylarini hibsga olishga order berishidan xavotir kuchaymoqda. Bu haqda The Times of Israel isroillik yuqori martabali amaldorga tayanib yozmoqda.

Xabarda aytilishicha, Isroil Milliy xavfsizlik kengashi bunday stsenariyning oldini olish uchun jadal harakat qilmoqda.

Manbaning qayd etishicha, Isroil G‘azo sektorida sun’iy ravishda ocharchilik yaratishda ayblanishi mumkin.

Nashr suhbatdoshi AQSh XJMning Isroil rahbariyati a’zolarini hibsga olish to‘g‘risida qaror qabul qilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun diplomatik choralar ko‘rayotgani haqidagi da’volarni tasdiqladi.

The Times of Israel gazetasi ham isroillik diplomatlardan birining Isroil Tashqi ishlar vazirligi bu jarayonda faol ishtirok etayotgani haqidagi bayonotini chop etadi. «Biz imkon qadar harakat qilamiz», dedi Isroil Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi.

Avvalroq Netanyaxu so‘nggi kunlarda dunyo yetakchilari, jumladan, AQSh prezidenti Jo Bayden bilan ko‘plab telefon suhbatlari o‘tkazib, bu borada o‘zi uchun ijobiy natijaga erishishga uringani haqida xabar berilgan edi.

Qayd etilishicha, Netanyaxu voqealarning bunday rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Oq uy rahbariga bilvosita bosim o‘tkazishga harakat qilmoqda.

Xalqaro jinoiy sudi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va yuqori martabali Isroil rasmiylari, jumladan, mudofaa vaziri Yoav Gallantni hibsga olishga order berishga tayyor. Bu haqdagi ma’lumot avvalroq Isroilning qator OAVlari tomonidan tarqatilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!