56 ta kompaniya dunyodagi plastik ifloslanishning yarmi uchun javobgardir

56 ta kompaniya dunyodagi plastik ifloslanishning yarmi uchun javobgardir

56 ta transmilliy korporasiyalar dunyodagi plastik ifloslanishining yarmiga javobgardir, deb xabar beradi The Guardian.

Besh yil davomida xalqaro ko‘ngillilar jamoasi 84 mamlakatda 1,8 million dona plastik chiqindilarni yig‘ib, tekshirib chiqdi. Asosiy qismi oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlari uchun bir martalik qadoqlardan iborat edi.

Tadqiqot natijalari hayratlanarli: atigi 56 ta xalqaro iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi ko‘p millatli korporasiya plastik chiqindilarning yarmiga mas’uldir, atigi oltita kompaniya esa ularning to‘rtdan bir qismini ishlab chiqaradi.

Ikki tamaki kompaniyasi Altria va Philip Morris topilgan plastik chiqindilarning 2%, Danone va Nestlé har biri 3%, PepsiCo 5% va Coca-Cola plastik chiqindilarning 11% uchun javobgardir.

Altria va Philip Morris to‘plangan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga e’tiroz bildirishadi va Kolumbiya universiteti atrof-muhit muhandisi Kartik Chandran ma’lumotlar Xitoy, Koreya va Yaponiyadagi plastik ifloslanishni yoki davom etayotgan qayta ishlash yoki tozalash tashabbuslarini hisobga olmasligini ta’kidladi.

Garchi ko‘plab yirik kompaniyalar plastik ifloslanishga ta’sirini yaxshilash uchun ixtiyoriy choralar ko‘rayotgan bo‘lsa-da, Science Advances ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqot ular yetarli emasligini ta’kidlaydi. 2000 yillarning boshidan beri plastmassa ishlab chiqarish ikki baravar ko‘paydi va tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, plastmassaning atigi 9 foizi qayta ishlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!