Loyihaning taxminiy qiymati 11 milliard dollar: O‘zbekistonda AES qurilishi bo‘yicha shartnoma tayyorlanmoqda

Loyihaning taxminiy qiymati 11 milliard dollar: O‘zbekistonda AES qurilishi bo‘yicha shartnoma tayyorlanmoqda

Rossiya tomoni ham kam quvvatli atom elektr stansiyalari loyihalarini taklif qilishga tayyor. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari, sanoat va savdo vazirligi rahbari Denis Manturov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qurilish uchun Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li yaqinida joy tanlangan. Muhandislik tadqiqotlari yakunlandi va uning atom elektr stansiyasini qurishga yaroqliligi tasdiqlandi. Bundan tashqari, loyihaning optimal texnik konfigurasiyasi aniqlandi.

Ayni paytda buyurtmachi va xalqaro ekspertlar bilan birgalikda atom elektr stansiyasini O‘zbekiston energetika tizimiga integrasiyalashning texnik masalalari o‘rganilmoqda, shuningdek, iqlim sharoitini hisobga olgan holda suv sarfini kamaytirish va elektr energiyasini maksimal darajada ishlab chiqarish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. saytidan.

AES VVER-1200 reaktorlariga ega ikkita III+ avlod blokidan iborat bo‘ladi, ishga tushirish 2033 yilga mo‘ljallangan. Loyihaning taxminiy qiymati 11 milliard dollarga baholanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!