Odessada qurbonlar soni 17 nafarga yetdi

Odessada qurbonlar soni 17 nafarga yetdi

Odessada raketa zarbasi oqibatida kamida 17 kishi jarohatlangan, deb xabar qilmoqda mahalliy hukumat.

«Ulardan kamida ikkitasi og‘ir ahvolda. Yaradorlarga barcha zarur yordam ko‘rsatilmoqda. Favqulodda xizmatlar voqea joyida ishlashda davom etmoqda», — dedi Odessa viloyati harbiy boshqarmasi rahbari Oleg Kiper.

RBK-Ukraina manbalariga tayanib xabar berishicha, qurbonlar orasida sobiq xalq deputati va Odessa yuridik akademiyasining rektori Sergey Kivalov ham bor.

Ukraina matbuotining yozishicha, u shrapnel jarohati olgan va kasalxonaga yotqizilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!