Saudiya Arabistoni AQSh bilan mudofaa shartnomasini tuzishga yaqin turibdi

Saudiya Arabistoni AQSh bilan mudofaa shartnomasini tuzishga yaqin turibdi

AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ikki tomonlama mudofaa va xavfsizlik kelishuvi bo‘yicha ishlarning katta qismi yakunlandi.

Bu haqda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy forumining maxsus sessiyasidagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi, deb yozadi «Report».

«O‘ylashimcha, biz AQSh bilan ikki tomonlama shartnomalar imzolashga juda yaqinmiz. Ishlarning katta qismi allaqachon yakunlangan. Bizda Falastin jabhasida nima bo‘lishi kerakligi haqida umumiy ma’lumot bor», dedi Faysal bin Farxon mudofaa shartnomasini tuzish istiqbollari haqidagi savolga javob berar ekan.

Avvalroq «Reuters» agentligi Er-Riyod Vashington bilan NATO kollektiv xavfsizlik nizomining 5-moddasiga yaqin shartlar asosida mudofaa shartnomasini tuzish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabar bergan edi. Ushbu moddaga ko‘ra, alyansning bir a’zosiga hujum qilish uning barcha mamlakatlariga urush e’lon qilish bilan barobardir. Agentlik manbalariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni xavfsizlik kafolatlari evaziga Isroil bilan to‘liq diplomatik munosabatlar o‘rnatishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!