Migrantlarni imtihondan o‘tkazuvchi 12 ta universitetning barchasi tijorat hamkorlari bilan shartnomalarini bekor qilgan.
Rossiyadagi migrantlar endi tijorat tashkilotlarida rus tilidan imtihon topshira olmaydi. Rossiya Federasiyasi Ta’lim va fan vazirligi test sinovlarini o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan 12 ta oliy o‘quv yurti o‘z hamkorlari bilan tuzilgan barcha shartnomalarni bekor qilganini ma’lum qildi, deb yozadi «Gazeta.ru».
«Shunday qilib, ta’lim tashkilotlari nomidan imtihonlarni tijorat platformalarida o‘tkazish to‘xtatildi. Endi xorij fuqarolari uchun imtihonlarni faqat universitetlar va boshqa davlat va shahar tashkilotlari o‘tkazadi. Buning uchun platformalar barcha hududlarda paydo bo‘ladi. Vakolatli oliy o‘quv yurtlari tegishli kelishuvlarni yakunlamoqda», — deyiladi Ta’lim va fan vazirligi xabarida.
Rossiya Federasiyasida Ta’lim va fan vazirligiga bo‘ysunadigan to‘qqizta universitet, ikkita davlat universiteti, ta’lim vazirligining bitta universiteti va Moskva hukumatining bir tashkiloti rus tilidan chet tili sifatida imtihon topshirish huquqiga ega.
Rossiyadagi migrantlar uchun imtihonlarga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin
Rossiya Federasiyasi fan va oliy ta’lim vaziri Valeriy Falkov 18 aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda universitetlar tomonidan hamkor tashkilotlar asosida imtihon o‘tkazilishini yanada ehtiyotkorlik bilan nazorat qilish zarurligini aytdi.
Falkovning buyrug‘iga qadar chet elliklar Rossiyaning 12 ta universitetlarida va bitta Moskva davlat tashkilotida, shuningdek, akkreditasiyadan o‘tgan universitetlar bilan shartnoma tuzgan tijorat firmalarida rus tilidan imtihon topshirishlari mumkin edi.
RBK xabariga ko‘ra, bunday tashkilotlar orasida xususiy hujjatlarni tarjima qilish agentliklari va migrantlarga huquqiy yordam markazlari ham bor. Ularning aniq soni noma’lum.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.