Ijtimoiy tarmoqlarda Habib Nurmagomedov nomidan firibgarlik holatlari uchramoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Habib Nurmagomedov nomidan firibgarlik holatlari uchramoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Habib Nurmagomedov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda. Bu haqda IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Sportchining suratidan “musulmonlarga yordam dasturi"ni targ‘ib qilish uchun foydalanilgan. Firibgarlar foydalanuvchilarga 8,933 mln so‘mlik pullarni va’da qilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi bunday xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi. Fuqarolar virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishga, shubhali ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqirilmoqda.

So‘nggi vaqtlarda bu kabi holatlar juda ko‘p uchramoqda. Firibgarlar odalar ishonchiga kirib turli yo‘llar bilan bank kartalaridan pullarini o‘zlashtirishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!