Nigeriya shimoli-sharqida qizamiqdan 19 nafar bola halok bo‘ldi

Nigeriya shimoli-sharqida qizamiqdan 19 nafar bola halok bo‘ldi

Nigeriya shimoli-sharqida qizamiq epidemiyasi 19 bolaning hayotiga zomin bo‘ldi, dedi Adamava shtati sog‘liqni saqlash rasmiysi Feliks Tangvami.

Uning qayd etishicha, Mubi viloyatida bolalar o‘rtasida 200 dan ortiq qizamiq kasalligi qayd etilgan.

Viloyatga tibbiyot xodimlari va zarur dori-darmonlar yuborildi.

Tangvami kasalligi og‘ir bo‘lgan bolalarni kasalxonaga yotqizishga va’da berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!