Mashhur aktyor Jerar Depardye jinsiy tajovuzda ayblanib hibsga olindm

Mashhur aktyor Jerar Depardye jinsiy tajovuzda ayblanib hibsga olindm

Fransiyalik aktyor Jerar Depardye jinsiy tajovuzda ayblanib, so‘roq qilish uchun Parijga chaqirildi, deb xabar beradi BFMTV telekanali.

Mashhur aktyor ikki ayolga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik aybi bilan so‘roq qilinmoqda.

Qayd etilishicha, birinchi voqea 2014 yilda “Sehrgar va siamliklar” suratga olish maydonida, ikkinchisi esa 2021 yilda “Yashil darvozalar” suratga olish maydonida bo‘lib o‘tgan.

Depardye o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etadi.

Fevral oyida aktyor jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan edi.

53 yoshli Amelining ta’kidlashicha, aktyor uni 2021 yilda ushlab, ko‘kragiga tegajonlik qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu “Yashil darvozalar” filmini suratga olish jarayonida sodir bo‘lgan.

U Parij prokuraturasiga shikoyat qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!