Qochib yurgan ona topildi

Qochib yurgan ona topildi

Qonunchilikka ko‘ra, voyaga yetmagan farzandlarini moddiy jihatdan ta’minlashga ota ham, ona ham baravar mas’ul. Majburiyatini bajarmaganlardan moddiy ta’minotni olish sud qarori asosida amalga oshiriladi.

Eng achinarlisi, hozirgi kunda o‘zi dunyoga keltirgan farzandlarini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab yurgan onalar ham uchraydi.

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tuman bo‘limi ish yurituvidagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor ayol R.G.dan to‘rt nafar farzandi ta’minoti uchun qaynonasi A.R. foydasiga aliment undirish belgilangan bo‘lib, aliment pullarini to‘lashdan qochib yurganligi oqibatida uning qarzdorligi 47 million so‘mdan oshib ketgan. Shu sababli, unga nisbatan Majburiy ijro byurosi To‘rtko‘l tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi qidiruv shu’basi va Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirida qarzdor R.G. Toshkent shahri Sergeli tumanidagi choyxonalarning biridan topilgan. Qarzdorga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hүjjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha To‘rtko‘l tuman sudiga yuborildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!