Olaf Shols GFR 2040 yil yozgi Olimpiya o‘yinlarini qabul qilishi to‘g‘risidagi arizaga ijobiy munosabat bildirdi

Olaf Shols GFR 2040 yil yozgi Olimpiya o‘yinlarini qabul qilishi to‘g‘risidagi arizaga ijobiy munosabat bildirdi

Germaniya kansleri Olaf Shols GFR 2040 yil yozgi Olimpiya o‘yinlarini qabul qilishi to‘g‘risidagi arizaga ijobiy munosabat bildirdi. “Table.Media” portali yozishicha, Olimpiada aynan qaysi shaharda bo‘lishi hozircha noma’lum. Yaqinda ushbu eng yirik xalqaro sport anjumanini o‘tkazishga Reyn-Rur mintaqasi va Berlin shahri qiziqish bildirgandi.

Olimpiya o‘yinlari 2024 yil Parijda, 2028 yil Los-Anjelesda, 2032 yil esa Brisben (Avstraliya)da o‘tishi belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!