Toshkentda 17 yoshli yigit otasini pichoqlab o‘ldirdi

Toshkentda 17 yoshli yigit otasini pichoqlab o‘ldirdi

2021 yil 22 yanvar kuni soat 01.00 da Yakkasaroy tumani IIO FMB navbatchilik qismiga Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonda oilaviy kelishmovchilik yuzaga kelgani haqida xabar kelib tushdi. Toshkent shahar IIBB xodimlari tegishli manzil bo‘yicha yetib borib, 47 yoshli muqaddam sudlangan A.I.ni pichoqlangan holda topishdi. A.I. tibbiyot muassasasiga yetkazildi, ammo shifokorlarning say’-harakatlariga qaramasdan, hayotdan ko‘z yumdi.

Aniqlanishicha, hodisaga A.I. va uning 17 yoshli o‘g‘li, o‘rta maktab o‘quvchisi o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab bo‘lgan.

Mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari bilan o‘tgan uchrashuvda yuqoridagi hodisa va keyinchalik bu kabi oqibatlarni chetlab o‘tish yo‘llari muhokama qilindi.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosarlari – tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Zafar Alimova va Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i Mahkam Vafoyev, shuningdek bola o‘qiydigan maktab o‘qituvchilari va rahbariyati, Yakkasaroy tumani IIO FMB mas’ul xodimlari, profilaktika inspektorlari hamda Yakkasaroy tumani prokurorining o‘rinbosari Shaxlo Yulchiyeva agar oilaviy kelishmovchiliklar yaqinlar va qo‘shnilar tomonidan e’tiborsiz qoldirilmasa, aksariyat hollarda bu kabi jinoyatlarni chetlab o‘tish mumkinligini qayd etishdi.

Uchrashuvda ko‘tarilgan masalalar mahalla aholisiga keyinchalik qanday hollarda oilaviy kelishmovchiliklarga e’tibor qaratish kerakligini aniqlashda yordam berishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!