"Toshkent IES" AJda energoblok davleniyasi ko‘tarilib yonayotgani haqida xabar tarqaldi

"Toshkent IES" AJda energoblok davleniyasi ko‘tarilib yonayotgani haqida xabar tarqaldi

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkent IES" AJda energoblok davleniyasi ko‘tarilib yonmoqda mazmunidagi yolg‘on xabar tarqatilmoqda.

"Issiqlik elektr stansiyalari" AJ axborot xizmat ma’lum qilishicha, energoblok avtomatik ravishda himoya tizimi ishga tushishi natijasida o‘chganda, energoblok ishlash davrida ishlab chiqarilgan bug‘lar qozon qurilmalarini himoya qilish maqsadida havoga chiqariladi. Bu tizimda normal texnologik jarayon hisoblanadi.

Ayni paytda "Toshkent IES"da elektr energiyasini ishlab chiqarish va energobloklarni yagona tizimga ulash bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!