Tojikistonda o‘zbekistonlik agrar soha olimlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tmoqda

Tojikistonda o‘zbekistonlik agrar soha olimlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tmoqda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazi tomonidan Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyati Xo‘jand shahrida joylashgan Ozbekiston Agroxizmatlar markazining Xo‘jand AKIS filialida tojik mutaxassislari va fermerlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlar bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarning olimlari qishloq xo‘jaligining dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z taqdimotlari bilan qatnashmoqda. Bu orqali ular innovasiyalarni amalyotga tatbiq etish borasida atroflicha ma’lumot bermoqda.

Ahamiyatlisi, paxta, g‘alla, sabzavotchilik sohalarida va o‘simliklarni himoya qilish borasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar hamda ularning natijalari yig‘ilganlarga birdek manzur bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘quv-seminarlar 19-aprelga qadar davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!