Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 4191 kishiga yetdi

Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 4191 kishiga yetdi

Tojikistonda chorshanba kuni koronavirus bilan ro‘yxatga olingan holatlar soni 4191 taga yetdi, bu avvalgi kunga nisbatan 91 taga ko‘p, deya xabar beradi RIA Novosti Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi matbuot xizmati vakiliga tayanib.

"Tojikistonda chorshanba kuni kechqurun koronavirus bilan kasallanganlar soni 91 kishiga ko‘payib, 4191 taga yetdi", - deydi manba.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda 2,347 kishi COVID-19 dan davolangan, vafot etganlar soni bir kishiga ko‘paygan - 48 kishi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!