Tojikiston palma yog‘idan butunlay voz kechdi

Tojikiston  palma yog‘idan butunlay voz kechdi

Tojikistonda joriy yilning 1 may kunidan boshlab palma yog‘ini olib kirish taqiqi kuchga kirgan.

Mahsulotni Respublikaga kirishini nazorat qilish Bojxona qo‘mitasiga yuklatilgan. Shuningdek, hukumat tomonidan Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi, Sog‘likni saqlash vazirligi va "Tojikstandart"ga tarkibida palma yog‘i bo‘lgan mahsulotlarni nazorat qilish topshirig‘i berilgan.

Avvalroq, tojikistonlik qandolat ishlab chiqaruvchilarga palma yog‘idan foydalanish taqiqlangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!