Tixanovskaya Belorussiya OMONini terroristik guruh deb tan olishga chaqirdi

Tixanovskaya Belorussiya OMONini terroristik guruh deb tan olishga chaqirdi

Belorussiya oppozisiyasi yetakchisi Svetlana Tixanovskaya OMON va respublika Ichki ishlar vazirligining uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bosh boshqarmasini terroristik tashkilotlar deb tan olishni taklif qildi.

Bu haqda siyosatchining Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

"Ichki ishlar vazirligining uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bosh boshqarmasi va OMON jinoiy to‘dalarga aylangan ekan, biz ushbu tashkilotlarni ekstremistik yoki terroristik deb tan olish tartibini boshlaymiz", degan Tixanovskaya.

Uning ta’kidlashicha, tergov tugaguniga qadar ishdan bo‘shamaydigan barcha huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari terrorchilarning sheriklari deb tan olinadi va ularning mol-mulki musodara qilinadi.

“O‘z navbatida, faqat xalq tarafiga o‘tadigan omonchilargina amnistiya haqida o‘ylashlari mumkin”, deya qo‘shimcha qildi Tixanovskaya.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!