Timoshenko Qrimni qaytarib olishga va’da berdi

Timoshenko Qrimni qaytarib olishga va’da berdi

Batkovshina partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko Ukraina prezidentligi uchun saylovlarda g‘alaba qozongan taqdirda mamlakatga Qrimni qaytarib olishga va’da berdi.

- Biz nafaqat tortib olingan Qrim va Donbassni qaytarib olishimiz kerak, balki Rossiyani okkupant davlat sifatida mamlakatimizga yetkazgan zararini qoplashga majbur qilishimiz kerak, - deydi Timoshenko.

Ukraina prezidentligiga nomzod shuningdek, mamlakatning NATOga a’zoligi xavfsizlikning yagona kafolati ekanini ta’kidlagan.

Qayd etish lozimki, bu Yuliya Timoshenkoning saylovlar oldidan bergan birinchi katta va’dasi emas. Avvalroq u Ukrainaga Donbassni qaytarishi to‘g‘risida aytgan.

Bundan tashqari, siyosatchi Rossiya Qrim uchun 100 milliard dollar tovon to‘lashi kerakligini aytgan. Rossiya Davlat dumasi Timoshenkoning bu so‘zlarini ahmoqlik deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, Qrim 2014 yilda Ukrainada yuz bergan davlat to‘ntarilishidan so‘ng RF tarkibiga o‘tgan edi. Yarimorolda referendum o‘tkazilib, ko‘pchilik ovoz bilan Qrim Rossiya chegaralariga qo‘shilgan.

lenta.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!