Texnikumni bitirganlar OTMlarga imtihonsiz 2-kursga talabalikka qabul qilinadimi?

Texnikumni bitirganlar OTMlarga imtihonsiz 2-kursga talabalikka qabul qilinadimi?

- Texnikumni bitirganlar OTMlarga imtihonsiz 2-kursga talabalikka qabul qilinadimi?

- Ha, xuddi shunday.

2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-5812-son Prezident farmoniga muvofiq ana shunday qoida belgilab qo‘yilgan.

Ya’ni texnikumlarda o‘rta maxsus ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha KIRISh IMTIHONLARISIZ yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-KURSDAN o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.

Texnikumlarda 2 yildan kam bo‘lmagan muddatda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qish mumkin. Joriy yilda o‘qish faqat kunduzgi shaklda olib boriladi.

Texnikumlarga o‘qishga kirish uchun texnikum.edu.uz sayti orqali onlayn ariza topshirish mumkin. Hujjatlar 25 sentyabrga qadar (shu kuni ham) qabul  
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!