Tesla rasman MDH davlatlari bozoriga kirmoqchi

Tesla rasman MDH davlatlari bozoriga kirmoqchi

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask «Novoye znaniye» Butunrossiya forumida tez orada Tesla kompaniyasi MDH bozorlariga kirishi mumkinligini aytdi. Bu haqda «Vedomosti» nashri xabar berdi.

«Menimcha, biz tez orada Rossiyada bo‘lamiz. Shuningdek, Qozog‘iston va boshqa MDH davlatlariga kengroq e’tibor qaratishimiz kerak. Bu biz uchun muhim», dedi Mask. Shuningdek, u Tesla ishlab chiqarish geografiyasini kengaytirishini aytdi, shu jumladan Rossiyada Tesla zavodini ochishga ruxsat berdi.

Hozirda Tesla’ning Amerika Qo‘shma Shtatlarida zavodlari bor. 2019 yildan beri Shanxaydagi zavodida elektromobillar to‘liq ishlab chiqariladi. Germaniyaning Berlin shahri hududida Tesla zavodi qurilishi boshlangan. Kompaniya ishlab chiqarish geografiyasi kengayishini AQShdan tovarlarni tashish xarajatlarini pasaytirish va dunyodagi boshqa mamlakatlar xaridorlariga elektromobillarni arzonroq sotish zarurati bilan izohlaydi.

Tesla’ning AQSH, Meksika, Yevropa ittifoqi mamlakatlari (Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Portugaliya), BAA, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvanda savdo ofislari mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!