Termizda o‘zini xalq banki xodimi deb tanishtirgan erkak jinoyatga qo‘l urdi

Termizda o‘zini xalq banki xodimi deb tanishtirgan erkak jinoyatga qo‘l urdi

Termiz shahrida 8 fevral kuni shaharning “Bog‘ishamol” mahallasida yashovchi V.YA. Termiz shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2019 yil 5 dekabr kuni Termiz tumani “Uchqizil” mahallasida yashovchi K.B. ishonchiga kirib, o‘zini Xalq banki xodimi deb tanishtirib, bankdan imtiyozli 8 foizli kredit olib berishni va’da qilib, shaharning “Navro‘z” mahallasi hududida jami 100 AQSh dollari va 50.000 so‘m pullarini olib kredit olib bermasdan ushbu pullarni o‘zining ehtiyojiga ishlatib yuborganligini bildirgan.

8 fevral kuni K.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!