Temir yo‘l stansiyalari omborlaridan ko‘mir mahsulotlarini olib qochgan fuqarolar qo‘lga olindi

Temir yo‘l stansiyalari omborlaridan ko‘mir mahsulotlarini olib qochgan fuqarolar qo‘lga olindi

Joriy yilning, 19 yanvar kuni Farg‘ona viloyati IIB TXTB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida, Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shaxrida yashovchi, Oltiariq ko‘mir omborida tarozibon bo‘lib ishlovchi, 1970 y.t. I.M. Oltariq ko‘mir omboridan, Oltiariq va Rishton tumani aholisi uchun tarqatiladigan ko‘mir mahsulotini, Farg‘ona viloyati, Uchko‘pirik tumani, Kattaqashqar qishlog‘ida yashovchi, 1990 y.t. M.N.ga tegishli “XOWO” rusumli yuk mashinasiga yuklab hech qanday xujjatlarsiz Andijon viloyati, Shaxrixon tumani, Raxmatyodgor MFY xududiga borib to‘xtaganda aniqlanib ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, I.M. Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumani, Soybo‘yi MFY, Istiqlol ko‘chasida yashovchi, 1998 y.t. Q.A.ga ushbu 22 tonna 320 kg ko‘mir maxsulotini kelgusida o‘z extiyojlari uchun ishlatishlik maqsadida 1 kg.ni 303 so‘mdan jami 6 mln. 762.960 so‘m evaziga sotganligi aniqlangan.  

Bundan tashqari, shu kuni soat 19:25da Surxandaryo viloyati IIB TXTBga, kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, Surxandaryo viloyati, Muzrabot tumani, “Bog‘ieram” maxallasida yashovchi, 1992 y.t. X.E. Boldir temir yo‘l bekati omborxonasidan 14 ta, 30 kg hajmdagi qoplarga joylangan 420 kg. ko‘mir briket maxsulotlarini hech qanday hujjatlarsiz, noqonuniy ravishda talon-taroj qilib, o‘zining boshqaruvidagi Matiz rusumli, avtomashinasi yuk xonasiga ortayotgan vaqtida ushlangan.

Yuqoridagi xolatlar yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

IIV Transportda xavfsizlikni taxminlash bosh boshqarmasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!