Ta’ziya! Sobiq prezidentning o‘g‘li ma’ruza paytida o‘ldirildi

Ta’ziya! Sobiq prezidentning o‘g‘li ma’ruza paytida o‘ldirildi

19 noyabr kuni Berlinda Germaniyaning sobiq prezidentining o‘g‘li bo‘lgan 59 yoshli Fris fon Vayszekkerga suiqasd sodir bo‘ldi.

Bu haqda nemis OAVlari xabar bermoqda.

Germaniya huquq-tartibot idoralari ma’lumotiga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan tungi soat  ettilarda noma’lum shaxs ma’ruza paytida shifokor Fris fon Vayszekkerga murojaat qilgan va yoniga kelganida pichoqlagan. Voqea Sharlottenburg hududida sodir bo‘lgan.

Natijada Germaniya Federativ Respublikasi sobiq prezidentining o‘g‘li og‘ir tan jarohati olganligi bois vafot etgan.

Suiqasdni to‘xtatishga uringan tinglovchilardan biri ham yaralanib, kasalxonaga yotqizilgan.

Gumonlanuvchi qo‘lga olingan bo‘lib, tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!