Tarkibida cho‘chqa kabi najosat bo‘lgan mahsulotlar hukmi

Tarkibida cho‘chqa kabi najosat bo‘lgan mahsulotlar hukmi

Past molekulyar vaznga ega yangi geparin kabi foydasi kamroq bo‘lsada o‘rinbosari mavjud bo‘la turib, o‘z tarkibiga cho‘chqa kabi ayni najosat bo‘lgan narsalardan biror miqdor aralashgan dori vositalarini iste’mol qilishning hukmi haqida

Allohning O‘ziga hamdlar bo‘lsin! Ortlaridan Nabiy yo‘q bo‘lgan sayyidimiz, payg‘ambarimiz Muhammadga salotu salomlar bo‘lsin!

Ammo ba’d:

Albatta, Robitatul olamil islomiy huzuridagi Islom fiqhi akademiyasi Makkada 19-23/10/1424 hijriy (13-17/12/2003 melodiy) kunlarda o‘tkazgan o‘zining o‘n yettinchi majlisidia ushbu “Past molekulyar vaznga ega yangi geparin kabi foydasi kamroq bo‘lsada o‘rinbosari mavjud bo‘la turib, o‘z tarkibiga cho‘chqa kabi ayni najosat bo‘lgan narsalardan biror miqdor aralashgan dori vositalarini iste’mol qilishning hukmi”  mavzusini ko‘rib chiqdi. Va  bu to‘g‘rida qimmatli bahslarni taqdim qildi. Ushbu bahslar quyidagilarni o‘z ichiga olgan:

1. Geparin jismdagi muayyan hujayralar ishlab chiqaradigan moddadir. U odatda mol va cho‘chqa kabi hayvonlarning ichak, o‘pka va jigarlardan ajratib olinadi. Ammo past molekulyar vaznga ega geparin turli kimyoviy yo‘llar bilan oddiy geparindan tayyorlanadi.  Ular turli yurak kasalligi, qonning quyulib qolishini ketkazish kabi kasalliklarda ishlatiladi.

2. Odatdagi geparindan past molekulyar vaznga ega geparinni ajratib olish amaliyoti kimyoviy yo‘lar bilan amalga oshiriladi. Undan o‘zining fizikaviy va kimyoviy xususiyati va sifatida odatdagi geparindan farq qiladigan asosiy unsurlar kelib chiqadi. Bu narsani fuqaholar “istihola”  ya’ni narsaning boshqa holatga o‘tishi deb ifodalashadi.

3. Najosat o‘zining sifat va xususiyatida o‘zgarib boshqa moddaga istihola bo‘lishi, masalan yog‘ni sovunga aylanishi kabi yoki biror moddani tayyorlash hamda sifat va zotini o‘zgartirish bilan yo‘q qilish Islom fiqhida uni pok va shar’an undan foydalanish muboh deb hukm chiqarishda maqbul vasila hisoblanadi.

Majlisda ushbu mavzu’ bo‘yicha uzoq munoqasha qilingandan keyin, ulamolar nazdida qaror topgan narsaga va “Og‘irlikni ko‘tarish va mashaqqatni ketkazish”, “O‘z miqdorida zararni daf’ qilish”, “Albatta zaruratlar saqlanish lozim bo‘lgan narsalarni muboh qiluvchi” va “Ikki zararning yengilrog‘ini olish” kabi shar’iy qoidalarga asoslanib majlis quydagilarga qaror qildi:

1. Muolaja qilishda geparin o‘rnini bosadigan muboh o‘rinbosar bo‘lmaganda yoki muboh o‘rinbosar muolajani cho‘zib yuboradigan holatda past molekulyar vaznga ega yangi geparin bilan davolanish muboh bo‘ladi.

2. Uni iste’mol qilishda kengchilikka yo‘l qo‘ymasdan ehtiyoj miqdoricha foydalanish lozim. Agar ishonchli pok o‘rinbosar topilsa, aslga amal qilinib unga o‘tiladi.

3. Majlis Islom davlatlaridagi sog‘liqni saqlash vazirliklariga geparin ishlab chiqaruvchi dorixona shirkatlarini tartibga solishni Past molekulyar vaznga ega yangi geparinni sog‘lom mol a’zosidan tayyorlangan bo‘lishiga e’tibor qilishni tavsiya etadi.

(Robitatul Olamil Islomiydan imzo chekuvchilarning ismlarisiz ko‘chirildi).

Mulohaza: Ushbuga o‘xshash masalalar tez-tez uchrab, ular haqida ham savollar berilib turadi. Ularga biz ushbu qarorlarga asoslangan holda javob berib kelar edik. Endi barcha baravar ushbu qarorlar matni tarjimasi ila o‘z tilimizda tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Buning uchun Alloh taologa shukrlar bo‘lsin.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!