Taniqli aktrisa O‘zbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi

Taniqli aktrisa O‘zbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi

Taniqli yapon aktrisasi Maeda Asuko (前田敦子) O‘zbekistonning Yaponiyadagi faxriy turizm elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar qildi.

Aktrisaga O‘zbekiston turizm elchisi sertifikatini topshirish marosimi 23 aprel kuni Tokioda bo‘lib o‘tdi.

Yaponiyalik yetakchi OAV mazkur voqeani keng yoritishmoqda. Bu esa o‘z navbatida yaponiyalik potensial sayyohlar uchun O‘zbekiston brendini turistik yo‘nalishlardan biri sifatida tanitishga xizmat qiladi , - deyiladi xabarda.

Maeda Asuko taniqli yapon aktrisasi va xonandasi. 2005-2012 yillarda AKB48 guruh tarkibida faoliyat olib borgan, hozirgi vaqtda yakkaxon tarzda ijod qiladi. Maeda ilk bora kinoda 2007 yil rejisyor Ichikavi Junning O‘zlikni topish filmida suratga tushadi. U 2001 yilda suratga olingan Mislsiz jannat serialidagi Asiya Midzuki roli orqali mashhurlikka erishdi.

Eslatib o‘tamiz, taniqli hind dizayneri, shaxsiy brend asoschisi Ritu Beri O‘zbekistonning Hindistondagi madaniyat turizmi elchisi etib tayinlangan edi. Shuningdek, Rossiya xalq artisti, aktyor, rejissyor Yuriy Stoyanov O‘zbekistonning Rossiyadagi turistik brendi elchisi etib tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!