Tahlikali vaziyat! Italiyada koronavirus tasdiqlangan shifokorlar soni 10 mingdan oshdi

Tahlikali vaziyat! Italiyada koronavirus tasdiqlangan shifokorlar soni 10 mingdan oshdi

Italiyada shifokorlar va tibbiyot xodimlari orasida koronavirus bilan kasallanish holatlari soni 10 000 dan oshdi. 67 shifokor vafot etdi, deya ma’lum qildi Italiya Fuqaro muhofazasi kengashi.

Qo‘shimcha qilinishicha, koronavirusga chalingan bemorlarning 4 053 tasi reanimasiyada, yana 28 549 kishi kasalxonaga yotqizilgan, 50 mingdan ortiq odam esa uy karantinida.

Eslatib o‘tamiz, Italiya hukumati qat’iy karantinni 13 aprelga qadar cho‘zdi. Ko‘chib o‘tish va uydan chiqish taqiqlari ham uzaytirildi.

O‘lganlar soni bo‘yicha Italiya dunyoda birinchi, infeksiyani yuqtirish holatlari bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallaydi. Birinchi o‘rinda AQSH.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!