Suv va chiqindilar bo‘yicha to‘lovlar ham MIB zimmasiga yuklatildi: bu nimadan dalolat?

Suv va chiqindilar bo‘yicha to‘lovlar ham MIB zimmasiga yuklatildi: bu nimadan dalolat?

Bugun MIBning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligidagi brifingida ko‘plab masalalar o‘rtaga tashlandi.

Xususan, Majburiy ijro byurosi bo‘lim boshlig‘i Maxmudxon Mirzaxujayev "Majburiy ijro byurosi organlariga qo‘shimcha vazifa sifatida 2018 yil 1 yanvar kunidan boshlab, suv ta’minoti bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishga kirishdi, 1 yildan so‘ng esa, qattiq maishiy chiqindilar bo‘yicha huddi  shunday vazifa yuklatildi, bu nimadan dalolat? Bu borada amalda  qanday ishlar amalga oshirildi?" degan savolga oydinlik kiritdi.

"Aytish mumkinki, Byuro o‘zining dastlabki davridanoq yuklatilgan vazifalarni to‘la oqladi va vazifalarni ishonch bilan bajarmoqda. Amalga oshirayotgan ishlarimiz natijasida, Davlatimiz rahbari tomonidan oldimizga yangi va qo‘shimcha vazifalar qo‘yildi.
Davlatimiz rahbarining 16.11.2017 yildagi “Suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Majburiy ijro byurosi organlariga suv uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishi ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifa yuklatilgan edi. O‘tgan 1,5 ichida  suv iste’moli bo‘yicha 1,5 trln.so‘m undirildi.
Huddi shunday, Prezidentimizning 22.11.2018 yildagi  “Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun to‘lovlarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, 2019 yil  1 yanvardan boshlab qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy to‘lovlar to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash Majburiy ijro byurosiga yuklatildi. Bu sohada ham undiruv 90 mlrd. so‘mdan oshdi", dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!