Evropa Ittifoqi migrasiya islohoti bo‘yicha qonunni tasdiqladi

Evropa Ittifoqi migrasiya islohoti bo‘yicha qonunni tasdiqladi

Qonun boshpana berish qoidalarini sezilarli darajada kuchaytirishni nazarda tutadi va Yevropa Ittifoqiga noqonuniy immigrasiyani cheklashi kutilmoqda.

Islohot nisbatan xavfsiz mamlakatlardan kelgan muhojirlar uchun qoidalarni kuchaytiradi, shuningdek, hujjatsiz muhojirlar boshpana so‘rovlari ko‘rib chiqilayotganda joylashtiriladigan chegara markazlarini yaratishni talab qiladi. Mezonlarga javob bermaganlar hozirgidan ancha tezroq deportasiya qilinadi.

Germaniya Ichki ishlar vaziri Nensi Fezerning aytishicha, ta’qibdan qochgan odamlar hali ham boshpana olishlari mumkin, biroq hujjat “himoyaga muhtoj bo‘lmaganlar” Germaniyaga kela olmasligi yoki ularning mamlakatdan tezroq chiqarib yuborilishini aniq ko‘rsatish uchun qabul qilingan.

Qonun Yevroparlamentga saylovlardan bir oy oldin qabul qilindi. Yevropa Ittifoqida muhojirlar va qochqinlar sonining ortib borayotgani, shuningdek, ularga boshpana berilishi saylov kampaniyasining asosiy mavzularidan biri hisoblanadi.

Yangi qoidalar Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida chop etilganidan keyin kuchga kiradi. Yevropa Ittifoqi davlatlari esa ikki yil ichida milliy qonunchiligini unga muvofiqlashtirishga majbur bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!