«Jannat onalar oyog‘i ostida» filmidan ruxsatsiz foydalangan shaxslar jarimaga tortildi

«Jannat onalar oyog‘i ostida» filmidan ruxsatsiz foydalangan shaxslar jarimaga tortildi

Adliya vazirligi tomonidan huquq egasining murojaatini ko‘rib chiqish davomida Qirg‘iziston Respublikasi ijodkorlari tomonidan suratga olingan «Jannat onalar oyog‘i ostida» filmi huquq egasining ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan namoyish etilganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177(1)-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan jarima jazosi tayinlandi.

Mualliflik va turdosh huquq ob’ektlaridan ruxsatsiz, noqonuniy ravishda foydalanish javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.

Hurmatli fuqarolar, agarda sizning mualliflik yoki turdosh huquqlaringiz buzilayotgan bo‘lsa, huquqlaringizni himoya qilish maqsadida tegishli tartibda sudga yoki Adliya vazirligiga murojaat qiling.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!