Surxondaryoda "AQShda yashaydigan Rafael" ertagi fosh etildi

Surxondaryoda "AQShda yashaydigan Rafael" ertagi fosh etildi

I.Xolto‘rayev (ism-shariflar o‘zgartirilgan) muqaddam bir necha marotaba firibgarlik jinoyatini sodir etib, jazo o‘tayotganiga qaramasdan, yana tekin boylik ortirishni ko‘zlaydi. Bu haqda uz24.uz yozmoqda.

U 2018 yil fevral oyida Qiziriq tumani hududida N.Rafiqov bilan tanishib, unga AQShda Rafael ismli tanishi borligi, u orqali Qiziriq tumanida meva quritish hamda qayta ishlash korxonasini ochib, birga tadbirkorlik faoliyatini yuritishlari haqidagi cho‘pchaklariga ishontiradi. 2018 yil mart-iyun oylari oralig‘ida I.Xolto‘rayev N.Rafiqovga Rafaelning Shveysariya bankidagi hisob raqamidan 100 000 000 AQSh dollarini o‘tkazib kelishi xarajatlari uchun deb, undan jami 44 616 360 so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi. 100 000 000 AQSh dollarni esa o‘tkazmasdan, olgan 44 616 360 so‘mni o‘z shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi.

2018 yil 10 may kuni Rossiya hududida jinoyat sodir etganligi uchun qamalib qolgan o‘g‘lidan xabar olish, uni qutqarish va advokat bilan ta’minlash uchun E.Ibragimovning ishonchiga kiradi. U E.Ibragimovdan 8.000.000 so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi.

Sud, I.Xolto‘rayevga yetkazilgan zararni qoplaganligini inobatga olib, JKning 168-moddasi 3-qismi b bandi bilan tegishli jazo tayinladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!