Surxondaryo hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani rostmi? Munosabat bildirildi

Surxondaryo hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani rostmi? Munosabat bildirildi

Avvalroq, Surxondaryo viloyati hokimligi, 10 ta tuman va shahar rasmiy saytlari hakerlar hujumiga uchragani haqida xabar bergan edik.

Ma’lum qilinishicha, «Clone Security» guruhi ushbu hujumni o‘z zimmasiga olgan.

Hozirda ayrim internet nashrlarida viloyat hokimligi huzuridagi «Axborot kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi» DUKda ishlab ketgan xodimlardan birining hokimlik ishlar boshqaruvchisi tomonidan o‘z ish kabinetida kaltaklangani, viloyat hududidan chiqib ketish sharti qo‘yilgani, shuningdek, xodim Prezident Virtual qabulxonasiga qilgan murojaati uchun rasman ishdan olingani haqida xabarlar tarqalmoqda (https://t.me/surxondaryo2/2009).

Surxondaryo viloyati hokimligi xabarlarda keltirilayotgan mazkur holatlarni rad etib, barchadan aholi orasida turli mish-mishlar paydo bo‘lishiga, ularda salbiy fikr va ishonchsizlikni shakllantirishga olib keladigan yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikni so‘radi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!