Sudyalar Oliy kengashi "Oltiariqdagi fojia" bo‘yicha bayonot berdi

Sudyalar Oliy kengashi "Oltiariqdagi fojia" bo‘yicha bayonot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda jinoyat ishlari bo‘yicha Oltiariq tumani sudida ko‘rib chiqilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha "reportaj" e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi "Oltiariqlik ona chidab turolmadi, sudyani qarg‘ab tashladi" nomi ostida e’lon qilingan mazkur mediamahsulotni sudga nisbatan bosim, sudyaning sha’ni, qadr-qimmati va daxlsizligiga qilingan tajovuz, deb hisoblaydi.

Ayni paytda sudda yosh yigitning (21 yosh) o‘limi bilan yakun topgan janjalga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqilmoqda. Ish bo‘yicha to‘rt nafar sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3 qismi "d" bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘ladigan darajada qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) va 127-modda 3-qismi (voyaga yetmagan shaxsni jinoyat qilishga jalb etish) ayb e’lon qilingan bo‘lib, ularning barchasiga "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!