Turk shirkatlari Isroilga aylanma yo‘llarni qidirmoqda

Turk shirkatlari Isroilga aylanma yo‘llarni qidirmoqda

Anqara yahudiy davlati bilan savdo-sotiqni to‘xtatgandan so‘ng Turkiyadan kompaniyalari o‘z mahsulotlarini Isroilga eksport qilishning muqobil yo‘llarini qidirmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Turkiya savdo vaziri Omer Bolat juma kuni Turkiya Isroil bilan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va anklavdagi falastinliklarga gumanitar yordam ko‘rsatishni ta’minlamaguncha, yiliga 7 milliard dollarni tashkil qiluvchi savdoni tiklamasligini aytdi.

Bolatning matbuot anjumanida ishtirok etgan uy-ro‘zg‘or buyumlarini eksport qiluvchi kompaniya egasi savdoning to‘xtatilishi natijasida tovarlar bojxonada kechikib qolganini aytdi: bu o‘z navbatida kompaniyalarni muqobil yo‘nalishlarni izlashga majbur qildi.

«Biz kun bo‘yi bojxona bilan kurash olib bordik va muammo nimada ekanligini tushunmadik. Qaror e’lon qilinishidan oldin tizim yopilgan edu», — dedi u.

Boshqa bir tadbirkor – oziq-ovqat eksport qiluvchi kompaniyaning egasi, savdoni to‘xtatish, shuningdek, Isroil bojxonasidan o‘tishi kerak bo‘lgan Falastinga etkazib berish uchun mo‘ljallangan tovarlarni etkazib berishni blokirovka qilishni anglatishini ta’kidladi.

«Ushbu qarorning oqibatlari Falastin xalqiga ham ta’sir qiladi. Misr, Iordaniya yoki Livan orqali buyurtmalarni yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqamiz. Bu vaziyatdan qanday chiqib ketishimizni bilmayman», - deya shikoyat qildi tadbirkor.

Ta’kidlanishicha, Turkiya G‘azo sektoridagi urush tufayli yahudiy davlati bilan eksport va importni to‘xtatgan Isroilning asosiy savdo hamkorlaridan birinchisidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!