Rossiya mulki yordamida Ukraina uchun katta yordam ajratilishi mumkin

Rossiya mulki yordamida Ukraina uchun katta yordam ajratilishi mumkin

Qo‘shma Shtatlar G7 hamkorlari bilan Ukrainaga yordam berish uchun 50 milliard dollargacha mablag‘ ajratish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb xabar berdi Bloomberg manbalarga tayanib.

Amerika rasmiylarining rejasiga ko‘ra, mablag‘larning katta qismi Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan foydadan yo‘naltiriladi, ularning asosiy qismi YEI mamlakatlarida. AQSh moliya vazirligi bu boradagi muzokaralar faktini tasdiqladi.

Bloomberg manbalariga ko‘ra, tashabbus AQSh yetakchilik qilmoqchi bo‘lgan davlatlar koalisiyasi tomonidan mablag‘ jo‘natishdan iborat. Amerika tomoni iyun oyida G7 sammitida tegishli kelishuvni imzolamoqchi. Shu bilan birga, agentlik suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, muzokaralar bir necha oy davom etishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!