Sog‘liqni saqlash vaziri ishdan ketdi. Virus yuqtirganlar soni oshmoqda

Sog‘liqni saqlash vaziri ishdan ketdi. Virus yuqtirganlar soni oshmoqda

Ma’lum qilinishicha, bugun mamlakatda yana 63 kishida virus aniqlangan.

Shuningdek, o‘tgan bir kun davomida yana ikki kishi koronavirusdan vafot etdi va jami o‘lim holatlari soni beshtaga yetdi.

4 may kuni Tojikistonda birato‘la 102 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgandi.

Tojikiston nashrlarida koronavirus yuqtirganlar soni 300 nafarga yaqinlashishi fonida mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri ishdan ketgani yozilmoqda.

«Prezident Imomali Rahmon sog‘liqni saqlash vaziri Nasim Olimzodani ishdan bo‘shatdi», deb yozgan Aziya Plyus nashrining telegram kanali.

Ba’zi nashrlarning yozishcha, Nasim Olimzoda boshqa ishga o‘tkazilgani sabab sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ketgan. Uning o‘rnini «Istiqlol» klinikasi direktori Jamoliddin Abdullazoda egallagani aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!