“Siyosat — endi o‘rganayotganlar uchun”: Zelenskiyga bolalar kitobi sovg‘a qilindi (video)

“Siyosat — endi o‘rganayotganlar uchun”: Zelenskiyga bolalar kitobi sovg‘a qilindi (video)

Ukraina prezidenti  Vladimir Zelenskiyga “Siyosat — endi o‘rganayotganlar uchun” bolalar kitobi sovg‘a qilindi.

Mamlakat rahbari Kiyev shahrida o‘tkazilgan kitoblar festivaliga tashrif buyurdi. Nashriyotlardan birining vakili unga o‘smirlar uchun axborot qo‘llanmasini taqdim etdi.

“Siyosat -endi o‘rganayotganlar uchun” kitobi orqali yosh o‘quvchilar mamlakatni boshqarish, siyosiy tizim, g‘oyalar va boshqa ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar haqida bilib olsa bo‘ladi. Davlatimizdagi o‘zgarishlar eng yosh bolalarda ham ko‘plab savollarni keltirib chiqaradi”, - deb izoh keltiradi "Obozrevatel" kitobning annotasiyasiga asosan.

Facebookda joylashtirilgan lavhada, Zelenskiy xijolat qilmay, sovg‘aga hazil tariqasida javob berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!