Siyam egizaklarining universitetda o‘qish orzulari ro‘yobga chiqadi

Siyam egizaklarining universitetda o‘qish orzulari ro‘yobga chiqadi

Oliy ta’lim muassasalari (YKS) imtihonida olgan past ballari tufayli imtihondan o‘tolmagan siyam ekizaklari Sema va Aysha Tanrikuluning unversitetda o‘qish orzulari ro‘yobga chiqadigan bo‘ldi.

Jumhurboshi Rejeb Toyyib Erdog‘anning rafiqasi Emine Erdog‘anning tashabbusi bilan siyam ekizaklarini Kahramanmarash Sutchi Imom unversitetiga (KSU) joylashtirish uchun oliy ta’lim kengashiga murojaat qilindi.

KSU rektori professor doktor Niyazi Jan, oliy ta’lim muassasalari imtihoni oxirida siyam ekizaklari Sema va Ayshani 3 bora ziyorat qilgani xaqida ta’kidlab, ekizaklarning unversitetda o‘qish istaklari ularni ham hayajonlantirganini aytdi.

Siyam ekizaklarining KSUda 2 yillik unversitetga joylashtirilishlaridan xabarlari borligini aytgan rektor professor doktor Jan, «Bu farzandlarimizning chuqur hayajonda ekanliklarini va yuksak ruhiy yetuklik va o‘ziga ishonchda ekanliklarini ko‘rdik.

Katta hayajon bilan unversitetda o‘qishni istashlari bizni ham hayajonga soldi. Bu borada mazkur ekizaklarimizning bu niyatlarini biz oliy ta’lim kengashiga (YO’K) yetkazdik. Oliy ta’lim kengashi shu kunlarda bir xulosaga keladi va shundan so‘ng vaziyat oydinlashadi», dedi.

Oliy ta’lim kengashi va O’SYMddan aniq bir ma’lumot kelmaganiga qaramay, ba’zi bosma nashrlarida siyam ekizaklarining 2 yillik o‘qishga joylashganligi borasidagi xabarlar berilganini aytgan rektor Niyazi Jan, «Agar oliy ta’lim kengashi Kahramanmarash Sutchi Imom unversiteti ilohiyot fakultetiga joylashtirsa yoki ikki yillikka joylashtirib ilohiyotdan dars olishlari talab qilinsa, biz unversitet sifatida farzandlarimiz uchun har qanday yordamni berishga tayyormiz», deb aytdi.

Manba: tarjumon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!