Sirdaryoda suv ta’minoti sobiq mutaxassisi 2,5 mln so‘m, Andijonda gaz ta’minoti xodimi 1,5 mln so‘m olganida ushlandi

Sirdaryoda suv ta’minoti sobiq mutaxassisi 2,5 mln so‘m, Andijonda gaz ta’minoti xodimi 1,5 mln so‘m olganida ushlandi

Sirdaryo va Andijon viloyatlarida tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etishni va’da qilgan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilishicha, departamentning Guliston shahar bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda “Sirdaryo suv ta’minoti” AJ Guliston shahar bo‘limi sobiq mutaxassisi J.G‘. fuqaro SH.D.ning noturar binosiga o‘rnatilgan suv hisoblash uskunasi nosoz holatda ekani va suvdan noqonuniy foydalangani bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga firibgarlik yo‘li bilan 2,5 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali Asaka tuman gaz bo‘limi mahallada ishlash xizmati boshlig‘i A.U. fuqaro S.Y.ning xonadonida tabiiy gaz ta’minotidan 2,9 million so‘m qarzdorligini o‘chirib, yangi hisoblagich o‘rnatishi hamda boshqa hisob-raqam ochib berishi evaziga o‘z xizmat xonasida 1,5 million so‘mni olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

Departamentning Paxtaobod tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Paxtaobod tuman elektr ta’minotining elektromontyori J.K. fuqaro M.N.ning ishonchiga kirib, yashash xonadonida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga muqaddam 200 dollar va 3 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, yana 600 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Andijonda ishlab chiqarish sexini elektr tarmog‘iga ulab berishni va’da qilgan ETK muhandislari ushlangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!