"Shrek 5" qachon ekran yuzini ko‘rishi ma’lum bo‘ldi

"Shrek 5" qachon ekran yuzini ko‘rishi ma’lum bo‘ldi

XXI asrning eng nufuzli va taniqli animasion franshizalaridan biri bo‘lgan "Shrek" animasion filmining beshinchi qismi 2025 yilda chiqishi mumkin. Bu haqda komediyada quvnoq eshakka ovoz bergan aktyor Eddi Myorfi Collider nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi. Aktyor eshak obraziga qayta ovoz berishi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Bundan tashqari, Myorfining so‘zlariga ko‘ra, u allaqachon o‘zining ajoyib obrazi uchun bir nechta kulgili iboralarni yozib olgan.

Franshizaning beshinchi qismi bo‘yicha ishlar esa bir necha oydan beri davom etmoqda.

Eddi Myorfi Shrek olamidagi yana bir loyiha — so‘zlovchi eshak haqidagi alohida multfilm chiqishini e’lon qildi.

"Shrek" komediyasining beshinchi qismi ustida ish boshlaganligi o‘tgan yilning aprel oyida ma’lum bo‘lgan edi.

"Shrek" multfilmining yangi qismidagi ishlarning qayta tiklanishi kassalarda qariyb 500 million dollar yiqqan. 2010 yilda "Shrek-4" premyerasidan so‘ng DreamWorks’ning sof daromadi ikki baravar ko‘payib, 188,9 million dollarga yetdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!