Shimida o‘ta zaharli ilonni olib ketmoqchi bo‘lgan erkak ushlandi

Shimida o‘ta zaharli ilonni olib ketmoqchi bo‘lgan erkak ushlandi

Berlin aeroportida bir kishi samolyot bortida ilonni shimiga yashirib, olib o‘tishga uringan.

Bu haqda The Sun xabar bermoqda. Erkak 40 santimetrlik zaharli va noyob ilonni sumkaga yashirib, shimiga solib qo‘ygan, deydi «ekolog.uz».

Samolyot bortiga hayvon olib kirishga harakat qilgani uchun jarimaga tortilgan.

Ilon musodara qilingan va Brandenburgdagi hayvonlarni qutqarish markaziga yuborilgan. Bu turdagi ilonlar sanoqli qolgani va zahri o‘ta kuchli ekanligi aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!